Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi

Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi


1️⃣Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jayli tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.K.ning boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, qo‘lbola usulda tayyorlangan umumiy bahosi 20,6 mln so‘mlik 588 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
2️⃣Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.M. Nukus shahri, “Kattagar” MFY hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarganligi aniqlanib, undan 338 dona aksiz marka, 111 litr spirt, 90 dona “QR-kod” markirovka, 90 dona “Qaratau” nomli aroq, bo‘sh shisha idishlar va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
3️⃣Yana bir holat, Departamentning Chiroqchi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. (muqaddam sudlangan) fuqaro U.N.ga qo‘lbola usulda tayyorlangan iste’molga yaroqsiz 400 dona alkogol mahsulotlarini 10 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:52 14.11.2025. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!