Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Quduq qazish uchun lisenziya talab qilinadi — yangi qonun qabul qilindi

Quduq qazish uchun lisenziya talab qilinadi — yangi qonun qabul qilindi

Senatning yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi.

Ta’kidlanishicha, yerosti suvlarini yerlarni sug‘orish va boshqa maqsadlar uchun olish keskin o‘sganligi, shuningdek quduqlarni ruxsatsiz burg‘ilash va suvlardan nazoratsiz, hisobga olmasdan foydalanish hollari davom etayotganligi sababli yer osti suv resurslarini muhofaza qilish choralarini kuchaytirish zarurati paydo bo‘lgan.

Shu sababli «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonunga yerosti suvlariga quduqni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish o‘rniga yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma berish tartibini joriy etish belgilanmoqda. Jumladan, Soliq kodeksiga yerosti suvlaridan foydalanuvchilar tomonidan suvni hisobga olish vositalarisiz suv olinganida soliq to‘lovini belgilangan stavkaning besh barobar miqdorida undirish nazarda tutilmoqda.

Kiritildi: 18:06 01.05.2025. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!