Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qozondagi BRICS sammitining yakuniy deklarasiyasi qabul qilindi

Qozondagi BRICS sammitining yakuniy deklarasiyasi qabul qilindi

Qozondagi BRICS sammitining yakuniy deklarasiyasi qabul qilindi.

Deklarasiya 43 sahifa va 134 paragrafdan iborat. Ushbu deklarasiya dunyodagi vaziyatga umumiy baho beradi, Rossiyaning BRICS raisligi natijalarini sarhisob qiladi, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilaydi.

Deklarasiyadagi asosiy bandlar quyidagilardan iborat:

◾️ Biz Falastin davlatining BMT to‘laqonli a’zosi bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaymiz;

◾️ Biz Ukraina va uning atrofidagi vaziyat bo‘yicha tegishli forumlarda, jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashi va BMT Bosh Assambleyasida bayon etilgan milliy pozisiyalarni qayd etamiz. Barcha davlatlar o‘zlarining mavjudligi va tamoyillarida BMT Nizomining maqsad va qoidalariga muvofiq harakat qilishlari kerakligini ta’kidlaymiz;

◾️ Biz koinotda qurol joylashtirishning oldi olinishini qo‘llab-quvvatlaymiz;

◾️ Biz rivojlanayotgan davlatlarning global jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlashga chaqiramiz. Shuningdek, “Global Janub” mamlakatlarining BRICS tashkilotiga bo‘lgan qiziqishini qutlaymiz;

◾️ Biz iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bahonasida bir tomonlama chora-tadbirlar ko‘rilishiga qarshimiz;

◾️ Biz Jahon savdo tashkilotining (JST) islohotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar haqidagi qarorni qutlaymiz.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!