Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonlik tadbirkor «Qayrat» futbolchilariga «Real» ustidan g‘alaba qozonilsa, katta sovg‘a va’da qildi

Qozog‘istonlik tadbirkor «Qayrat» futbolchilariga «Real» ustidan g‘alaba qozonilsa, katta sovg‘a va’da qildi

Qozog‘istonlik tadbirkor Tursengali Alaguzov "Qayrat" futbolchilariga yangi avtomobil sovg‘a qiladi, agar jamoa UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida o‘z uyida "Real" ustidan g‘alaba qozonsa.

«Tug‘ilgan kunim arafasida, va’da beramanki, "Qayrat" g‘alaba qozongan taqdirda, barcha o‘ynagan futbolchilarga - bittadan avtomobil. "Qayrat" - chempion!», - deyiladi tadbirkor murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, "Qayrat"ning "Real"ga qarshi o‘yini 30 sentyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:45'da start oladi.

Qozog‘iston klubi dastlabki turda safarda Portugaliyaning "Sporting" klubiga yirik 1:4 hisobida yutqazdi.

Kiritildi: 15:26 21.09.2025. O'qildi: 1637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!