2024 yilning dekabr oyida Kenjebek Ismoilov yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun 5,8 ming tenge (taxminan 149 ming so‘m) jarimaga tortilgan. U chorrahada oldida turgan yuk mashinasini aylanib o‘tish uchun jamoat transporti yo‘lagiga chiqib ketgan. Biroq haydovchi jarima o‘ziga noqonuniy ravishda belgilanganiga amin bo‘lib, dastlab ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan, so‘ng rad javobi tufayli sudgacha chiqqan.
ChatGPT da’vogarga arizani tuzishda yordam berdi. “Sapa” xabariga ko‘ra, neyrotarmoq erkakka sudyaning savollariga real vaqt rejimida javob berish jarayonida ham yordam bergan va bor-yo‘g‘i 10 daqiqa davom etgan sud majlisidan so‘ng jarima bekor qilingan.
"Pul uchun sudga bormadim. Bu prinsipiallik masalasi edi. Xodimlar keyingi safar o‘z ishiga jiddiy yondashishlarini istardim. Sudda xodimlar o‘zini qo‘pol va noprofessional tutdi. Bu fuqarolik burchi edi", — dedi Kenjebek Ismoilov
Endi u polisiya departamentiga murojaat qilib, ma’naviy zarar uchun tovon undirishni rejalashtirmoqda.