Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘istondagi vaziyatga nisbatan dunyo davlatlarining pozisiyasi qanday?

Qozog‘istondagi vaziyatga nisbatan dunyo davlatlarining pozisiyasi qanday?

Italiya: Qozog‘iston hukumati namoyishchilarga qarshi kuch ishlatmasligi va taranglikni yumshatish uchun umummilliy jarayonni boshlashi kerak.

Xitoy: Qozog‘iston Respublikasi rahbariyatining harakatlariga ishonamiz. Mamlakatdagi vaziyat Qozog‘istonning ichki ishi.

Rossiya: Noroziliklar — tashqi kuchlar faoliyati natijasidir. Barqarorlashtirish uchun KXSHT mexanizmi harakatda.

AQSH: Nima sodir bo‘layotgani tushunarsiz. Vaziyatni yumshatish lozim. Qozog‘iston Respublikasining konstitusiyaviy institutlari qo‘llab-quvvatlanadi, ammo tinchlikparvar kuchlar kiritilishining qonuniyligini ko‘rib chiqiladi.

Qirg‘iziston: Qardosh xalqni qo‘llab-quvvatlaymiz, yordamni ayamaymiz. Tinchlikparvar kuchlarni yuborish haqida qaror qabul qilinmagan.

Afg‘oniston: Tolibon muzokaralar orqali vaziyatni yumshatishga chaqirdi.

Evropa: Vaziyat diqqat bilan kuzatilmoqda, voqealardan xavotirdamiz.

Kiritildi: 12:03 07.01.2022. O'qildi: 3764 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!