Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2 martga o‘tar kechasi Samara—Chimkent trassasida yuz bergan. Yo‘lovchi avtobusiga yuk mashinasi kelib urilgan. Avtobus Ufadan Samarqand shahriga ketayotgan bo‘lgan.

YTH oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Avtobusdagi 33 nafar O‘zbekiston fuqarosi yo‘lning xavfsiz qismida joylashgan zaxiradagi avtobusga evakuasiya qilingan.

Kiritildi: 12:11 03.03.2025. O'qildi: 1896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!