Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Qozog‘istonda to‘rt yil avval bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi topildi

A A A
Qozog‘istonda to‘rt yil avval bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi topildi

Qozog‘istonning Atirau viloyatida to‘rt yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik topildi. U Qozog‘istonga 2017 yilda borgan va 2019 yildan beri bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lgan. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Atirau viloyati IIB xabariga ko‘ra, «Migrant» tadbiri davomida mamlakatning migrasiya qonunchiligini buzgan xorijliklar aniqlangan.

«Shuningdek, 2019 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1975 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi topilgan. U Qozog‘iston hududiga 2017 yilda ish yuzasidan kelgan. 2019 yildan beri u Nukusdagi qarindoshlari bilan aloqani uzgan. Shu sababli uning qarindoshlari Nukus shahar ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishgan. Shu tariqa xorij fuqarosi o‘z mamlakatida bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan», deyiladi xabarda.

Polisiya xodimlari 48 yoshli xorijlikning shaxsini aniqlash va uni o‘z mamlakatiga qaytarish uchun tegishli hujjatlar ro‘yxatini yig‘moqda. O‘zbekiston fuqarosi polisiyaning qabul qilish va tarqatish bo‘limiga joylashtirilgan.

Kiritildi: 20:48 12.04.2023. O'qildi: 2187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!