Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonda rossiyaliklarni polisiya qo‘lga oldi

A A A
Qozog‘istonda rossiyaliklarni polisiya qo‘lga oldi

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Uralskdagi tungi klubda mushtlashgan Rossiya fuqarolari mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining Telegram-kanalida xabar berilgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Uralskda huquq-tartibot idoralari xodimlari tashqi videokuzatuv kameralarini kuzatayotib, shahardagi tungi klublardan birining yonida erkaklar o‘rtasidagi mushtlashuvni payqashgan. Voqea joyiga yetib kelgan polisiya otryadi mast holatda o‘zaro mushtlashgan Rossiya fuqarolarini qo‘lga oldi.

Qoidabuzarlarga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning «Kichik bezorilik», «Jamoat joylariga mast holatda chiqish» va «Jimlikni buzish» moddalari bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.

"To‘plangan material Uralsk ixtisoslashtirilgan ma’muriy sudida ko‘rib chiqiladi. Huquqbuzarlarning Qozog‘iston Respublikasi hududida keyingi bo‘lishi masalasi ma’muriy materiallar bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilingandan so‘ng hal qilinadi”, — deyiladi IIV xabarida.

Kiritildi: 13:45 01.10.2022. O'qildi: 6819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!