Qozog‘istonda Chempionlar Ligasi umumiy bosqichiga yo‘l olgan Olmaotaning "Qayrat" va Ispaniyaning "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga 4-5 ming sayyoh kelishi kutilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabosinov parlamentning ikkala palatasi yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi.
"Real"ga qarshi o‘yinda UYEFAning o‘z kvotalari bor. Taxminan 4-5 ming sayyohni kutyapmiz," - dedi vazir.
"Qayrat" - "Real" uchrashuvi 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. "Qayrat" Chempionlar ligasining asosiy bosqichida ilk bor maydonga tushadi. Qozog‘iston jamoalaridan faqat "Astana" 2015 yilda bunga muvaffaq bo‘lgan.