Qozog‘istonda namanganlik erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shu yil 11 iyun kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro Boshqarma JQB xodimlari tomonidan yuborilgan qidiruv topshirig‘iga asosan, Qozog‘iston Respublikasi Almata shahridan ushlanib, aybiga iqrorlik arizasi olingan.