Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonda mamlakatdagi eng uzun ko‘prik ochildi

Qozog‘istonda mamlakatdagi eng uzun ko‘prik ochildi

Buxtarmin suv omborida ochilgan ko‘prikning uzunligi 1316 metr bo‘lib u Sharqiy Qozog‘iston viloyatidagi 6 ta tumanni bog‘laydi.

“50 yil davomida fuqarolar yozda paromda, qishda muz ustida ushbu ko‘lni kesib o‘tardi, – dedi bosh vazir Oljas Bektenov ko‘prikning ochilish marosimida.

Ko‘prikda ikki qatorli yo‘l orqali harakat tashkil qilingan bo‘lib bu yerdan kuniga 80 mingtagacha avtomobil o‘tish imkoniyatiga ega.

“Ko‘prik qurilishini tekshirish uchun umumiy yuki 450 tonna bo‘lgan 15 ta yuk mashinasi tortildi. Maxsus qurilmalarda ko‘prikda deformasiya, tebranish (vibrasiya) va yuk taqsimoti ko‘rsatkichlari qayd etiladi”, – deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:40 21.10.2024. O'qildi: 1514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!