Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda ko‘kyo‘taldan o‘lim qayd etildi

A A A
Qozog‘istonda ko‘kyo‘taldan o‘lim qayd etildi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida ko‘kyo‘talga chalingan bola vafot etdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarovaga tayanib, “KazTAG” xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, bola 1 yosh-u 11 oy bo‘lib, mart oyida vafot etgan va u ko‘kyo‘talga qarshi emlanmagan.

Bu yil aholi salomatligi juda zaif ekanini ko‘rdik. So‘nggi bir necha yil ichida emlanmagan bolalarning kam sonli qatlami ham kasallik avj olishiga sabab bo‘ldi. Afsuski, Qarag‘anda viloyatida ko‘k yo‘taldan o‘lim qayd etilgan bitta holat mavjud, — dedi vazir Alnazarova.

Uning fikricha, bunday holatda emlashdan bosh tortgan ota-onalar ham bir xil javobgardirlar. Qozog‘istonda 2024 yil boshidan buyon 1353 ta ko‘kyo‘tal holati qayd etilgan, har 100 ming aholiga nisbatan ko‘rsatkich 6,8 ni tashkil etgan. 2023 yilda 421 ta holat qayd etilgan bo‘lib, 100 ming aholiga nisbatan ko‘rsatkich 2,1 bo‘lgan.

Kiritildi: 09:10 12.06.2024. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!