Ursula fon der Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hech kim yuta olmaydigan “po‘lat jayra”ga aylanishi kerak.
Shuningdek, der Lyayen Ukrainaga o‘z hududiy yaxlitligini saqlab qolish imkoniyati berilishi lozimligini aytdi.
- Putinning Donesk viloyatida muvaffaqiyati yo‘q, u 12 yildan beri uni qo‘lga kirita olmadi, - Zelenskiy
- Hududiy masalalarni Ukraina va Rossiya rahbarlari faqat AQSh bilan uch tomonlama uchrashuv chog‘ida muhokama qilishlari mumkin. Rossiya uch tomonlama uchrashuv bo‘lishi haqida hech qanday ma’lumot bermayapti, — dedi Zelenskiy
- Ukraina va Rossiya tinchlik kelishuviga erishish uchun yon berishlari kerak, — Rubio
- Ukraina xavfsizligining eng yaxshi kafolati - bu kuchli Ukraina armiyasi, - Prezident Zelenskiy
- Hududlar masalasi dushanba kuni Zelenskiy bilan muhokama qilinadi, — Vitkoff
- AQSh va Rossiya Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishib oldilar, ammo endi hammasi Ukrainaga bog‘liq, — Vitkoff
- Moskva Ukrainaning besh viloyati bo‘yicha yon berdi, — Vitkoff.
- Pirovardida Ukraina nazorati ostida bo‘lgan hududlarni almashish masalasi dushanba kuni muhokama qilinadi. Bu Putin bilan uchrashuvda muhokama qilinmadi, — Vitkoff
- Bitimga erishishning yagona yo‘li - har bir tomon nimadir olishi va har bir tomon nimadir berishidir. Shuning uchun Zelenskiy ertaga keladi, - Rubio
- Rossiya rozi bo‘lgan imtiyozlar shundaki, u butun Ukrainani egallab olmaydi, - Vitkoff
- Rossiya o‘z Konstitusiyasiga Yevropa davlatlariga hujum qilmasligini yozadi. Biz ishonchli xavfsizlik kafolatlari haqida kelishib oldik, — Vitkoff
- AQSh Donbassning butun hududini Rossiya nazoratiga o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamaydi, — Rubio
- Bu urushni tugatishning yagona yo‘li - Rossiyaning roziligini olish, - Rubio