Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda internetda haqorat va so‘kinish uchun jarima yoki qamoq jazosi joriy etilishi mumkin

Qozog‘istonda internetda haqorat va so‘kinish uchun jarima yoki qamoq jazosi joriy etilishi mumkin

Qozog‘istonda internet va ijtimoiy tarmoqlarda haqoratli yoki so‘kinish so‘zlarini ishlatganlik uchun jarima va hatto ma’muriy qamoq jazosini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, bunday huquqbuzarliklar uchun 86 500 tenge miqdorida jarima solish, 20 soatdan 60 soatgacha jamoat ishlariga jalb qilish yoki 5 sutkadan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini qo‘llash taklif etilmoqda.

Tashabbuskorlarning fikricha, mazkur choralar internet makonida muloqot madaniyatini oshirish, haqorat va tajovuzkor xatti-harakatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasi iyun oyida parlament muhokamasiga kiritilishi, yil oxirigacha esa ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Agar hujjat qabul qilinsa, Qozog‘istonda internetda haqorat va so‘kinish so‘zlarini ishlatganlik uchun javobgarlik ancha kuchaytiriladi.

Kiritildi: Bugun 19:00. O'qildi: 142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!