Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda ijtimoiy tarmoqlarni cheklash taklif etildi

Qozog‘istonda ijtimoiy tarmoqlarni cheklash taklif etildi

Qozog‘iston parlamenti respublika hududida xorijiy onlayn -platformalar va messenjerlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi.
Deputatlar Dinara Zakiyeva va Aydos Sarim bola huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida takliflar tayyorlashgan. Unda internet saytlari va tezkor xabar almashish xizmatlari yangi qoidalar keltirilgan.

Xususan, Qozog‘istonda ishlashni davom ettirish uchun xorijiy onlayn -platformalar yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishi va respublikada o‘z filialini ochishi kerak. Filialni albatta Qozog‘iston fuqarosi boshqarishi zarur. Aks holda, sayt va messenjerlar blokirovka qilinadi.
Mualliflar bunday qonun loyihasining zarurligini yaqinda keng tarqalgan kiberhujum (kiberbulling) - ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yordamida odamni ta’qib qilish bilan izohlaydilar. O‘zgartirishlar internetdagi noqonuniy kontentga qarshi choralarni qonuniy tartibga solishni takomillashtiradi.
Bundan tashqari, agar qonun loyihasi qabul qilinsa, saytlar sud qarori bilan emas, balki vakolatli organ qarori bilan bloklanadi. Barcha qonunbuzar-saytlar yagona reestrga kiritiladi.
Deputatlarning so‘zlariga ko‘ra, hozirda shunga o‘xshash cheklovlar boshqa mamlakatlarda, masalan, Rossiya va O‘zbekistonda amal qiladi.

Kiritildi: 19:15 15.09.2021. O'qildi: 2089 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!