Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi Vatanga qaytariladi

Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi Vatanga qaytariladi

Qozog‘istondagi portlashda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar masalasi bo‘yicha Migrasiya agentligi bayonot berdi.

Joriy yilning 11 sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota viloyati, Ili tumani, Bayserke qishlog‘ida joylashgan LGN Metal korxonasida portlash yuz berdi. Oqibatda uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Migrasiya agentligi mazkur fojea munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirab, marhumlarning oilalari va yaqinlariga sabr-tilaklar izhor etadi.

Agentlik xabariga ko‘ra, hodisa yuzasidan Ili tumani polisiyasi tomonidan inson o‘limiga sabab bo‘lgan mehnat muhofazasi qoidalarini buzish alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston tomonidan marhumlarni Vatanga olib kelish uchun barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari tashkillashtirilgan. Shu bilan birga, hududiy Migrasiya agentliklari xodimlari marhumlarning oila a’zolariga zarur amaliy yordam ko‘rsatish uchun biriktirilgan.

Hozirda Qozog‘istonning mas’ul idoralari bilan doimiy hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, tergov jarayonining borishi nazorat ostida.

Kiritildi: 23:28 13.09.2025. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!