Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida sobiq masjid binosida gaz portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar departamentiga Nur.kz xabar berdi.
Hodisa Qo‘rg‘aljin tumani Sabinidi qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Sobiq qishloq masjidi binosida dafn marosimi o‘tkaziladigan joyda gaz-havo aralashmasi chaqnab, bino qulab tushgan.
Favqulodda vaziyatlar bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 1978 yilda tug‘ilgan erkak vafot etgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan 1983 yilda tug‘ilgan ayol va 2012 yilda tug‘ilgan bolaning jasadlarini ham topgan.
Tez tibbiy yordam brigadasi 16 nafar jabrlanuvchini Ostona shahar shifoxonasiga yetkazdi.