Respublika Ichki ishlar vazirligi chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun mamlakatga kirishga pullik elektron ruxsatnomalarni joriy etishni ko‘zda tutuvchi loyihani ishlab chiqdi. Yig‘im miqdori va yangi qoidalar daxl qiladigan fuqarolar toifalari hozircha ma’lum qilinmadi.
Qozog‘iston rasmiylarining fikricha, ushbu tizim migrasiya oqimlarini yanada samarali hisobga olish imkonini beradi. Olingan mablag‘lar esa raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga yo‘naltiriladi.
Loyihaning jamoatchilik muhokamasi 17 avgustgacha davom etadi, uni amaliyotga joriy etish esa 2026 yilning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbus hukumatning migrasiya nazoratini kuchaytirish siyosati fonida yuzaga keldi.