Qozog‘iston Yaqin Sharqdan fuqarolarini evakuasiya qilish uchun 4 million dollar sarfladi.
Bu haqda Qozog‘iston transport vaziri Nurlan Sauranbayev ma’lum qildi.
"Birinchi bosqichda taxminan 4000 kishi bo‘lgan va evakuasiya boshlanganida fuqarolarimiz soni 10 000 ga yaqin edi. Davlat bu evakuasiya ishlariga o‘rtacha 4 million dollar sarflagan", dedi vazir.
Mart oyida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdan fuqarolarni evakuasiya qilish tugaganini e’lon qildi. Mamlakatga jami 10 275 kishi qaytarildi.