Yaqin 15 yil ichida O‘zbekiston aholisi 38 milliondan 50 million nafarga, urbanizasiya darajasi esa 51 foizdan 65 foizga yetishi kutilmoqda. Bu haqda Bokudagi Butunjahon urbanizasiya forumining 13-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan Yetakchilar sammitida Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha:
— O‘zbekistonda oxirgi o‘n yilda qurilayotgan uy-joylarning yillik soni 10 barobar oshib, 2025 yilda 238 mingta xonadonga yetdi, 2030 yilda ushbu raqamni yana 1,5 barobar oshiriladi;
— aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash dasturlariga har yili byudjetdan qariyb 2 milliard dollar mablag‘ ajratilmoqda;
— norasmiy turar joylar muammosini hal qilish uchun 2024 yilda alohida qonun qabul qilinib, 100 mingga yaqin uyga hujjat rasmiylashtirib berildi;
— eskirgan uy-joylarni yangilash maqsadida renovasiya hisobiga quriladigan xonadonlar ulushini 15 foizdan 60 foizga yetkazish reja qilib olindi.