Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv inshootlaridan foydalanish bo‘yicha protokol imzoladi

Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv inshootlaridan foydalanish bo‘yicha protokol imzoladi

Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv inshootlaridan foydalanish bo‘yicha protokol imzoladi.

Bu haqda 30 iyul, seshanba kuni Qirg‘iziston Respublikasi Suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Issiqko‘l viloyatining Cho‘lpon-Ota shahrida Chu va Talas daryolaridagi davlatlararo suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanish bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi komissiyasining 34-majlisi bo‘lib o‘tdi, deyiladi xabarda.

Qirg‘iz delegasiyasiga Qirg‘iziston Respublikasi suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi xizmati direktori Almazbek Sokeev boshchilik qildi. Qozog‘iston delegasiyasiga suv xo‘jaligi va irrigasiya vaziri o‘rinbosari Nurlan Aldamjarov rahbar bo‘ldi.

2024 yil 20 iyul holatiga Chu va Talas daryolaridagi davlatlararo manbalar va inshootlar bo‘yicha suv olish jadvallarini bajarishning borishi, Chu va Talas daryolaridagi davlatlararo ob’ektlarda 2024 yil 20 iyul holatiga ko‘ra bajarilgan ishlar hajmi, Chu va Talas daryolarida davlatlararo foydalanish uchun suv inshootlarini ekspluatasiya qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ikki davlat hukumatlari o‘rtasida 2000 yil 21 yanvardagi Chu va Talas daryolarida davlatlararo suv inshootlaridan foydalanish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, Chu daryosidagi Chumish gidrotexnika agregatini boshqarish va undan foydalanish bo‘yicha ikki tomonlama hujjatni ishlab chiqish va bir qator boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Departament xabariga ko‘ra, yig‘ilish yakunlari bo‘yicha komissiyaning 34-yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.

Kiritildi: 13:18 31.07.2024. O'qildi: 982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!