Bugun 1 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston Ukrainaning Novorossiyskdagi xalqaro neft terminaliga qilgan hujumini qoraladi

Qozog‘iston Ukrainaning Novorossiyskdagi xalqaro neft terminaliga qilgan hujumini qoraladi

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi bu hujum Ostona va Kiyev o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga zarar yetkazishini bildirdi.

Shuningdek, Qozog‘iston Kiyevdan “bunday voqealarning kelajakda takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun samarali choralar ko‘rishini” kutayotganini bildirdi.

"Bu xalqaro huquq normalari bilan himoyalangan, faqat fuqarolik maqsadlarida foydalaniladigan ob’ektga qarshi amalga oshirilgan uchinchi agressiya harakatidir", deyiladi vazirlik bayonotida.

29 noyabr kuni Rossiyaning Novorossiysk portidagi Kaspiy quvurlar konsorsiumining Qozog‘iston neftini ovtkazuvchi terminal dengiz dronlari tomonidan hujumga uchragan edi. Ushbu konsorsium orqali Qozog‘iston neftining 80 foizdan ortig‘i, asosan Yevropaga eksport qilinadi. Hujumdan so‘ng neft xomashyosini yuklash vaqtincha to‘xtatilgan, neftni tankerlariga yuklaydigan uchta tashqi moslamadan biri ishdan chiqqan.

Kaspiy quvurlar konsorsiumi xalqaro kompaniya bo‘lib, uning aksiyadorlari orasida AQSH, Qozog‘iston va Yevropa mamlakatlarining kompaniyalari mavjud.

Kiritildi: 16:29 30.11.2025. O'qildi: 794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!