Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston terma jamoasi 2025 yilda O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmoqchi

Qozog‘iston terma jamoasi 2025 yilda O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmoqchi

2025 yilda Qozog‘iston terma jamoasi O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston futbol federasiyasi prezidenti maslahatchisi Nursultan Qurman YouTube'dagi "Sport Pulse" kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchrashuv kuz faslida mamlakatning janubiy shaharlaridan biri — Shimkent yoki Turkistonda bo‘lib o‘tishi mumkin.

«Hozirda muzokaralar olib borilmoqda. O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi shu kuzda bo‘lib o‘tishi mumkin. Biz Shimkent yoki Turkistonni ehtimoliy stadionlar sifatida ko‘rib chiqyapmiz. Bu yil yakunlarini sarhisob qilishga o‘xshash o‘yin bo‘ladi», — deb ta’kidladi Qurman.

Kiritildi: 15:27 19.04.2025. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!