Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston Rossiya donining O‘zbekistonga reeksportini chekladi

A A A
Qozog‘iston Rossiya donining O‘zbekistonga reeksportini chekladi

Qozog‘istonda uchinchi davlatlar va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan (EOII) bug‘doy importiga joriy qilingan taqiq Rossiya g‘allasining Xitoy va O‘zbekistonga reeksportini 2024 yil oxirigacha cheklashga olib keldi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov ma’lum qildi.

“Ichki bozorni himoya qilish maqsadida, avvalroq, Qozog‘iston uchinchi davlatlar va YEOIIdan bug‘doy importini taqiqlash haqida qaror qabul qilgan edi. Bu esa Rossiya g‘allasining O‘zbekiston va Xitoyga reeksportini chekladi”, dedi Bektenov.

Bosh vazir, shuningdek, 2024 yilda Qozog‘iston orqali YEOII davlatlarining tranzit yuklari uchun yagona tarif darajasi oshirilganini ma’lum qildi.

“Masalan, Rossiya g‘allasining Qozog‘iston orqali Qirg‘izistonga eksporti uchun tarif ikki baravar oshirildi”, dedi Bosh vazir.

Kiritildi: 16:52 27.11.2024. O'qildi: 1777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!