Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni «Altin Qiran» ordeni bilan taqdirladi

A A A
Qozog‘iston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni «Altin Qiran» ordeni bilan taqdirladi

Davlat rahbari Ashxobodga ish safari chog‘ida Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar beradi Aqorda.

Qozog‘iston Prezidenti birinchi navbatda Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, Turkmanistonning u rahbarligida erishgan ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarini qayd etdi. Uchrashuvda Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan 30 yillik davr mobaynida birodarlik va strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.

Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar jadal rivojlanib borayotganini qayd etdilar.

Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘iston-Turkmaniston munosabatlariga qo‘shgan beqiyos hissasi uchun Gurbanguli Berdimuhamedovni Qozog‘iston Respublikasining oliy davlat mukofoti «Altin Qiran» ordeni bilan taqdirladi.

Shuningdek, u Xalq maslahati raisi sifatida bundan buyon ham yurt ravnaqi, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida mehnat qilishiga ishonch bildirdi.

Kiritildi: 06:30 30.06.2022. O'qildi: 2471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!