Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston prezidenti AQShdan qaytgach, tashqi siyosat sohasida keng ko‘lamli kadrlar almashinuvini amalga oshirdi

Qozog‘iston prezidenti AQShdan qaytgach, tashqi siyosat sohasida keng ko‘lamli kadrlar almashinuvini amalga oshirdi

Qozog‘iston prezidenti AQShdan qaytgach, tashqi siyosat sohasida keng ko‘lamli kadrlar almashinuvini amalga oshirdi — OAV

Xabarlarga ko‘ra, Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuni lavozimidan ozod etgan. U tegishli farmon bilan Qozog‘iston prezidentining xalqaro investisiyalar va savdo hamkorligi masalalari bo‘yicha yordamchisi etib tayinlangan.

Murat Nurtleu o‘rniga Yermek Kusherbayev mamlakatning yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan.

Bundan tashqari, Yerjan Ashikbayev Qozog‘istonning AQShdagi elchisi lavozimidan, Yerlan Alimbayev Qozog‘istonning Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili lavozimidan, Yerjan Kazixan prezidentning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi lavozimidan, Zulfiya Suleymenova prezident maslahatchisi – Qozog‘iston prezidentining xalqaro ekologik hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etilgan.

Kiritildi: 17:50 26.09.2025. O'qildi: 905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!