Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston Konstitusiyaviy sudi xavfsizlik maqsadida aloqa va internetni o‘chirishga ruxsat berdi

Qozog‘iston Konstitusiyaviy sudi xavfsizlik maqsadida aloqa va internetni o‘chirishga ruxsat berdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, ishni ko‘rib chiqishga Olmaota shahrida yashovchi Yermek Kabishevning shikoyati sabab bo‘ldi — u 2022 yilgi yanvar voqealari paytda aloqaning o‘chirilishi qonuniyligini shubha ostiga olgan edi.

Sud davlat organlarining pozisiyasini qo‘llab-quvvatladi, biroq qonunning ayrim qoidalari, xususan, "kechiktirib bo‘lmaydigan holat" tushunchasi va tahdidni baholash mezonlari yetarlicha aniq emasligini ko‘rsatib o‘tdi. Shu munosabat bilan hukumatga bunday cheklovlarni joriy etish asoslari, muddatlari va nazorat qilish mexanizmlarini aniqroq belgilab qo‘yish tavsiya etildi, deyiladi xabarlarda.

Kiritildi: 15:51 10.06.2026. O'qildi: 1196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!