Qozog‘iston Milliy banki (regulyator) mamlakatdagi tijorat banklarini norezidentlar bilan biznes aloqalarini o‘rnatishda e’tiborliroq bo‘lishni va ularning harakatlarini xalqaro to‘lov tizimlari bilan muvofiqlashtirishni tavsiya qilmoqda.
“Qozog‘iston norezidentlari uchun to‘lov kartalarini chiqarishda bank faoliyatida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan potensial xatarlarning yuzaga kelishi va amalga oshirilishi ehtimolini baholash va ularni minimallashtirish uchun VISA va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazish zarur", deyiladi regulyator bayonotida.
Ayni vaqtda O‘zbekiston banklari faol tarzda o‘zlarining xalqaro bank kartalari, jumladan VISA hamda Mastercard xalqaro to‘lov tizimlari kartalarini reklama qilmoqdalar. Reklamalarda bunday turdagi kartalar chet el fuqarolari uchun ham ochib berilishiga ham urg‘u berilgan.