Qozog‘iston aholisi 18 711,2 ming kishiga yetdi. Ushbu ma’lumotni QR Milliy iqtisodiyot vazirligining Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform.
«Mamlakat aholisi 2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, 18 711,2 ming kishini tashkil qildi. Shundan 11 mln 004,5 ming kishi (58,8%) shahar aholisi va 7 mln 706,7 ming kishi qishloqlarda istiqomat qiladi», - deyiladi xabarda.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 1 maydan beri Qozog‘istonda aholi soni 242,4 ming kishiga yoki 1,3 foizga ko‘paydi. Ko‘rilayotgan davrda eng katta o‘sish mamlakatning 3 ta hududida – Almati (63,7 ming kishi), Nur-Sultan (55,5 ming kishi) shaharlarida va Turkiston viloyatida (33,1 ming kishi) qayd etildi.