Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Qosim-Jomart To‘qayev: "Har nima bo‘lishidan qat’i nazar, men Qozog‘istonda qolaman. Birga yengamiz"

A A A
Qosim-Jomart To‘qayev: "Har nima bo‘lishidan qat’i nazar, men Qozog‘istonda qolaman. Birga yengamiz"

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev xalqqa murojaat qildi.

“Sevimli shahrimizda huquq-tartibot idoralari xodimlariga ommaviy hujumlar uyushtirilmoqda, ular orasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor. Olmaotadan tashqari yana bir qator viloyat markazlarida vaziyat keskinlashgan, shu sababli mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan. Bu zaruriy chora, Prezident sifatida men fuqarolarimizning xavfsizligi va tinchligini himoya qilishga, Qozog‘iston yaxlitligi haqida qayg‘urishga majburman. Men ko‘rgan chora-tadbirlar farovonlikka qaratilgan. Ammo bu chora-tadbirlar hanuzgacha davom etmoqda.

Bu moddiy manfaatdor fitnachilarning puxta o‘ylangan rejasi. Davlat rahbari va bugundan boshlab Xavfsizlik Kengashi Raisi sifatida men imkon qadar xalqimni himoya qilaman. O‘z hayoti va oila a’zolari hayotini himoya qilish uchun murojaat qilayotgan fuqarolarimizning xavfsizligi masalasi davlatimiz xavfsizligi masalasidir. Ishonchim komilki, xalq meni qo‘llab-quvvatlaydi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, men poytaxtda bo‘laman, bu mening konstitusiyaviy burchim – xalq bilan birga bo‘lish. Biz birgalikda Qozog‘iston tarixidagi qora chiziqni yengamiz. Tez orada men Qozog‘istonni siyosiy o‘zgartirish bo‘yicha yangi takliflar bilan chiqaman. Izchil islohotlar pozisiyasida qolaman va huquq-tartibot idoralari va harbiy xizmatchilarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ular zarbani jangari guruhlardan olishdi. Va, afsuski, ular yo‘qotishlarga duch kelishmoqda. Ularning oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz”, – dedi Prezident Qosim-Jomart To‘qayev xalqqa.

Kiritildi: 23:12 05.01.2022. O'qildi: 6267 marta. Fikrlar soni: 27 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!