Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpoq qo‘biz san’ati YUNESKO nomoddiy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Qoraqalpoq qo‘biz san’ati YUNESKO nomoddiy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Qoraqalpoq qo‘bizini yasash va unda ijro etish san’ati rasman YUNESKOning “Zudlik bilan muhofaza qilinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy meros” ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ushbu qaror Hindiston poytaxtida o‘tayotgan YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish hukumatlararo qo‘mitasi 20-sessiyasida bir ovozdan qabul qilindi. Shu bilan qo‘biz san’ati O‘zbekistonning YUNESKO ro‘yxatlariga kiritilgan meros elementlari sonini 16 taga yetkazdi.

Qo‘biz an’anaviy ravishda yaxlit tut yog‘ochidan yasaladi, ot yolidan qilingan ikki torga ega bo‘lib, o‘ziga xos chuqur va betakror ohang yaratadi.

Qoraqalpoq jirovlari — dostonchi va shoirlar bo‘lib, qo‘biz jo‘rligida dostonlar va tarixiy rivoyatlarni ijro etadi. Bu an’ana xalqning tarixi, dunyoqarashi va ma’naviy merosini uzluksiz yetkazib kelayotgan noyob musiqiy-she’riy maktab hisoblanadi.

Biroq qo‘biz yasovchi ustalar va ijrochi sozandalar safining kamayib borayotgani tufayli ushbu san’at elementi yo‘qolib ketish xavfi ostida qolmoqda.

Kiritildi: 22:03 13.12.2025. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!