Bugun 6 iyun, 2020 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonlik ayolning uyi yonib, yashab bo‘lmas ahvolga kelgani ma’lum bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonlik ayolning uyi yonib, yashab bo‘lmas ahvolga kelgani ma’lum bo‘ldi

Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi “Sahovat va ko‘mak” shiori ostida Nukus shahrida joylashgan mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi. Natijada harbiy xizmatchilar “Bes to‘be” MFYda yashovchi fuqaro Tulepova Ulzadaning xonadoni mart oyida isitish pechidagi nosozlik sababli yonib, yashab bo‘lmas ahvolga kelib qolganining guvohi bo‘ldi.

Harbiy xizmatchilar tegishli tashkilotlarga qo‘ng‘iroq qilib, uyni hashar yo‘li bilan ta’mirlash ishlarini boshlab yubordi. Yong‘in sabab U.Tulepovaning xonadoni elektr energiyasidan ham ajrab qolgan ekan, harbiy xizmatchilarning tashabbusi bilan bu masala ham hal etilib, uyga elektr energiyasini olib kelindi. Fuqaro Tulepova va farzandlarining yong‘in vaqtida yonib ketgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari mutasaddi tashkilotlar yordamida tiklab berildi.

Ramazon hayiti arafasida ushbu xonadonga oziq-ovqat, kiyim-kechak mahsulotlari, bolajonlar uchun esa o‘yinchoqlar taqdim etildi. Harbiy xizmatchi va xodimlarimiz tomonidan ezgu ishlar davom etmoqda.

Kiritildi: 16:39 23.05.2020. O'qildi: 1404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!