Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘istonda Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi barpo etiladi

Qoraqalpog‘istonda Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi barpo etiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida davlat muassasasi shaklida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi direksiyasi, shuningdek, Xo‘jayli tumanida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi tashkil etiladi.

Bu =aida Prezidentning “Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish hisobiga Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–332-son, 03.11.2025 y.) da belgilangan.

Qarorga ko‘ra, Markaz hududida IT universitet, startaplar texnoparki va ularni qo‘llab-quvvatlash innovasion guruhlari, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, qurib foydalanishga topshirilgan ijtimoiy soha ob’ektlari Investor tomonidan tegishli davlat organlari tasarrufiga beg‘araz o‘tkazib beriladi.

Kiritildi: 13:13 05.11.2025. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!