Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda uxlab yotgan agronomlarni atayin do‘pposlashdi

Qoraqalpog‘istonda uxlab yotgan agronomlarni atayin do‘pposlashdi

Qoraqalpog‘iston. 2020 yilning 13 may kunidan 14 may kuniga o‘tar kechasi soat 03:00 da noma’lum shaxslar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Mo‘ynoq tumani «Bo‘zatao‘» OFY “Shag‘irli-Porlitao‘” yo‘lining 6-7 kilometri oralig‘ida joylashgan palatka ichida uxlab yotgan agronomlar Namangan viloyatida yashovchi 59 yoshli G.M. va Toshkent viloyatida yashovchi 57 yoshli D.K., larni urib, ularga qasddan tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Natijada G.M. va D.K., lar olgan tan jarohatlari bilan Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Mo‘ynoq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Mo‘ynoq tumani «Bozatao‘» OFYda yashovchi fuqarolar 21 yoshli K.S., 26 yoshli A.S. va 19 yoshli N.R, lar sodir etganliklari aniqlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha K.S., A.S. va N.R. lar gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganlar.

Kiritildi: 16:19 20.05.2020. O'qildi: 3798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!