Bugun 2 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Er-xotin va ularnikiga mehmonga kelgan yigit isitish qozonxonasi mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlangani aytilmoqda.

Nukus shahrida uch kishi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

2024 yil 18 oktyabr kuni soat 07:51 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazi Qoraqalpog‘iston filiali shifokori K.Erejepova IIBga Nukus shahri 23 kichik tumani 3/6-uyning 33-xonadonida yashagan 25 yoshli A.YA., uning 23 yoshli xotini M.Ya va ularnikiga mehmonga kelgan 27 yoshli A.T is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar qilgan.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi yuborilib, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida A.YA, M.YA. va A.T uyning isitish qozonxonasi mo‘risidan chiqqan is gazidan (ugar) zaharlanib vafot etgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:38 28.10.2024. O'qildi: 1038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!