Bugun 29 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘istonda 3 bosh Buxoro bug‘usi o‘ldirildi

Qoraqalpog‘istonda 3 bosh Buxoro bug‘usi o‘ldirildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida 3 bosh Buxoro bug‘usi ovlanganligi ma’lum bo‘ldi. Holat biosfera rezervati xodimlari tomonidan aniqlandi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani IIB tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida bitta erkak va ikkita urg‘ochi bug‘ular ov miltig‘i bilan o‘ldirilganligi ma’lum bo‘ldi. Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganida rezervatning zaxira yerlaridan 2 ta ov miltig‘i o‘q dorisining plastik bo‘laklari, qonga o‘xshash qizil dog‘lar va ov miltig‘i topildi. Ov miltig‘i ashyoviy dalil sifatida olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘ulari o‘ldirilishi natijasida hayvonot dunyosiga jami 3 mlrd 375 mln so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan fuqaro M.K. Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Hozirda Beruniy tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovoldi tekishiruv ishlari olib borilmoqda.

Bu haqida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Kiritildi: Bugun 09:51. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!