Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.-Q.” MCHJ mas’ul shaxslari yangi qurilayotgan binoda tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 165,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “F.B.” fermer xo‘jaligi rahbari SH.F. va “R.” fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi J.T.lar tijorat maqsadida suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab jami 182,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.