Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qorako‘lda 19 yoshli qiz fojia qurboni bo‘ldi

Qorako‘lda 19 yoshli qiz fojia qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 19 may kuni soat 13:30 larda, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani hududidan o‘tgan 4R-76 “Qorako‘l-Yangibozor-Jig‘achi” avtomobil yo‘lining 7 km.da haydovchi 1989 y.t. M.J. (erkak) “Neksiya” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarayotib, oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qarshisidan kelayotgan haydovchi 1981 y.t. N.T. (erkak) boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasining old qismiga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi oldi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 2001 y.t. Z.N. (qiz bola) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Ushbu avtomobil haydovchisi M.J. va yo‘lovchisi 1979 y.t. S.A. (ayol) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:22 20.05.2020. O'qildi: 5047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!