Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

«Qorabog‘dagi 3 mingga yaqin arman evakuasiya qilinadi» – Armaniston hukumati

A A A
«Qorabog‘dagi 3 mingga yaqin arman evakuasiya qilinadi» – Armaniston hukumati

Armaniston hukumati Tog‘li Qorabog‘dan 3 mingga yaqin armanning evakuasiya qilinishini e’lon qildi. Bundan tashqari, rasmiylar Qorabog‘ bilan chegarada, Kornidzor nuqtasida evakuasiya qilinganlar uchun gumanitar markaz yaratadi. Bu haqda «Kommersant» nashri xabar bermoqda.

«25 sentyabr kuni soat 6:00 holatiga ko‘ra, Qorabog‘dan Armanistonga 2906 nafar majburiy ko‘chirilganlar kirib kelgan», — deyiladi hukumat matbuot xizmati xabarida.

Joriy yilning 20 sentyabr kuni Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘dagi 2 ming aholini evakuasiya qilgan edi. Evakuasiya qilinganlardan mingga yaqini bolalar. Barcha evakuasiya qilinganlar vaqtinchalik yashash joylariga joylashtirilgan.

Ozarbayjon prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha vakili Elchin Amirbekovning aytishicha, Qorabog‘da yashovchi armanlarning taqdiri Ozarbayjonning ichki ishi. Shu bilan birga, u arman aholisini vataniga qaytarish haqida gap yo‘qligini aytgan.

Bosh vazir Nikol Pashinyan Armaniston Qorabog‘ armanlarining mintaqada hayoti imkonsiz bo‘lib qolsa, ularni qabul qilishga va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabr kuni Ozarbayjon Qorabog‘da «aksilterror harakatlari»ni boshlagan edi. 20 sentyabr kuni Armaniston Ozarbayjon talablarini qabul qilib, hududdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga rozi bo‘lgandi.

Kiritildi: 17:30 25.09.2023. O'qildi: 1522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!