Ma’lumki, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining raisi SH.Bakayev tomonidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida xizmatni o‘tayotgan hudud profilaktika inspektorlari uchun maxsus seminar-mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv seminar-mashg‘ulotida Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB boshlig‘i F.Xaydarov va uning soha bo‘yicha o‘rinbosarlari, barcha IIB boshliqlari hamda tumanda xizmatni o‘tayotgan barcha hudud profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda asosiy e’tibor huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, xususan yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq har bir huquqbuzarlik va jinoyatlar kelib chiqish sabablarini aniqlash va jazo muqarrarligi qat’iy ta’minlash bu borada aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalash hamda korrupsiyaviy omillar ta’siridan himoya qilishga qaratildi.
Shuningdek, tuman sudi raisi SH.Bakayev tomonidan, hudud profilaktika inspektorlariga, O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 4 oktyabrdagi O‘RQ-720-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga yangi kiritilgan - "Yarashilganligi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish" institutining mazmun va mohiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari va amaliyotda qo‘llashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirda, tuman IIO FMB rahbariyati hamda hudud profilaktika inspektorlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi