“2026–2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–19-son, 20.01.2026 y.) qabul qilindi.
✅ Qarorga ko‘ra, qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi:
📑 2026 yil 1 oktyabrdan:
🔹 qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlari xavfsizligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha barcha texnik va tibbiy jarayonlarni tartibga soluvchi standart operasion jarayonlar hamda xavfsizlik bayonnomalari joriy qilinadi;
🔹 “ehtiyoj – qayta ishlash – yetkazish” zanjiri doirasida biznes jarayonlarini boshqarish tizimi joriy etiladi.
🖇 2027 yil 1 martdan “Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish” axborot tizimi joriy etiladi.
⌛️ 2026 yil 1 oktyabrdan qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlarini majburiy tartibda 2 bosqichli skrining tekshiruvidan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.