Taxminan uch yil davomida Ugledar Donbass janubidagi Ukraina mudofaasining tayanchi bo‘lib kelgan, biroq shahar hozir Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olinish arafasida, deb yozadi The New York Times.
«Ugledardagi mag‘lubiyat Ukraina harbiylari uchun ham strategik yo‘qotish, ham ramziy zarba bo‘ladi, chunki bu shahar Rossiya hujumini to‘xtatishda markaziy rol o‘ynagan», deb ta’kidlaydi nashr.
Nashr suhbatlashgan ukrainalik askarlarga ko‘ra, Ugledarning yo‘qotilishi ruslarga muhim logistika markazi hisoblangan Pokrovsk yo‘nalishidagi hujumlarni kuchaytirishga imkon beradi. Bu, shuningdek, Ukraina janubidan Qrimga o‘tadigan Rossiya ta’minot liniyalariga bosimni yumshatadi, shuningdek, Ugledar shimoli va g‘arbidagi ba’zi himoyalangan hududlar va qishloqlarni Rossiya hujumlariga duchor qiladi.
«(Ruslar) Vodyanoyga boradigan yo‘lni nazorat qilish uchun bosim o‘tkaza boshlaganlarida va qanotlar bo‘ylab harakatlana boshlaganlarida, agar hududga qo‘shimcha kuchlar yuborilmasa, biz mag‘lub bo‘lishimiz mumkinligi ma’lum bo‘ldi», dedi brigada komandiri Roman NYT'ga.
NYT gazetasiga ukrainalik askarlar aytishicha, shaharda pozisiyalarni saqlab qolish uchun deyarli joy yo‘q: «Logistika izdan chiqqani sababli, u yerda qolish amalda imkonsiz.»