Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qoidani buzgan ayol YPX xodimiga: "Bolalarim och qoladi, xohlasangiz uyimga olib boraman!"

Qoidani buzgan ayol YPX xodimiga: "Bolalarim och qoladi, xohlasangiz uyimga olib boraman!"

Toshkentda yo‘l qoidasini buzgan ayol YPX xodimi tomonidan to‘xtatildi. 

"Toshkent" telekanalida "Poytaxt yo‘llarida" nomli ko‘rsatuvda yo‘l qoidasini buzgan ayol bilan bog‘liq videolavha namoyish etildi.

Unda ayoldan hujjatlar so‘ralganda majburiy sug‘urta mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan va YPX xodimi avtomashina jarima maydonchasiga olib borilishini aytgan.

Shunda haydovchi 6 bolani boqayotganini, ishonmasa uyiga borib ko‘rsatishini, bolalari och qolishini aytgan. Shuningdek, u xodimdan arzonroq jarima yozib berishni ham so‘ragan. Lekin haydovchining bu iltimoslari e’tiborga olinmagan va avtomashina jarima maydonchasiga olib borilgan.

Kiritildi: 07:00 21.08.2019. O'qildi: 4950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!