Falastinning HAMAS harakati delegasiyasi Misr poytaxti Qohirada Falastin qarshilik guruhlari vakillari, shuningdek, jamoat arboblari va ishbilarmonlar bilan uchrashib, urushdan keyinki davr uchun “milliy yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishni muhokama qildi.
HAMAS bayonotida ta’kidlanishicha, muzokaralar G‘azo sektoridagi Isroil genosidi hamda G‘arbiy sohil va Quddusda sionit tajovuzining kuchayishiga chek qo‘yishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida o‘tkazilgan.
HAMAS delegasiyasiga Zohir Jabborin boshchilik qildi.
“Tashrif G‘azo sektorida bosqinchi ma’murlar tomonidan jinoyatlarning kuchayishi hamda Isroilning G‘azo shaharini qayta egallash rejasi doirasida sionit vayronagarchilik va ko‘chirish siyosati kuchayishi fonda amalga oshirildi”, — deyiladi bayonotda.
Uchrashuvda G‘azodagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni faollashtirish va urushdan keying davr uchun milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
HAMAS G‘azo sektorida uzoq muddatli otishni to‘xtatishga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan barcha takliflarga ochiqligini bildirgan.