Odintsovoda Ingushetiya hukumati raisining sobiq o‘rinbosari Sharif Alihojiyevning hayotiga suiqasd uyushtirildi, deb yozadi «Kommersant» Tergov qo‘mitasiga tayanib.
Ushbu shahardagi suiqasd yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda Tergov qo‘mitasining viloyat bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi telegram-kanalida. Nashrning yozishicha, noma’lum shaxs sobiq amaldorga to‘rt marta otib, so‘ng qochib ketgan. Alihojiyev reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.
Sharif Alihojiyev Davlat dumasi deputati Vladimir Shomonovning yordamchisi bo‘lib ishlaydi, deb yozadi "Kommersant." 2003 yilda Prezident Vladimir Putin Alihojiyevni "Jasorat" ordeni bilan taqdirladi. O‘shanda u Chechenistonning Shali tumani ma’muriyatini boshqargan (o‘sha paytda respublikani Ahmad Qodirov boshqargan). 2006 yilda Alihojiyev Ingushetiya hukumati raisining o‘rinbosari bo‘ldi.
Moskva viloyati Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 oktyabr kuni noma’lum shaxs Lapino qishlog‘idagi uyning ayvonida turar ekan, noma’lum o‘qotar quroldan uy egasiga kamida to‘rt marta o‘q uzgan. U ikki marta o‘qdan yaralangan va kasalxonaga yotqizilgan. Alihojiyev operasiya qilindi.