Qodirov «HTS»ni qo‘llab-quvvatladi va Suriyaga bug‘doy yetkazib berishga va’da berdi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Suriyaning «Hayat Tahrir ash-Sham» harakatini Rossiyaning terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarishni taklif qildi, suriyalik isyonchilar bilan birga ko‘chalarni patrul qilishda yordam berishga tayyorligini bildirdi va Suriyani bug‘doy bilan ta’minlashga va’da berdi. .
“Ijobiy jarayonlarni boshlash uchun «Hayat Tahrir ash-Sham» va uning vakillarini Rossiyaning terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarish tartibini boshlash kerak. Bu jarayonning boshlanishi yoki tugashini kutmasdan, zudlik bilan ikki davlat aloqa guruhi ishini tashkil etish muhim, ular birinchi aloqalarni o‘rnatib, muammolarni hal qilishga kirisha oladi”, — dedi davlat rahbari.
Checheniston rahbari «Rossiya va Suriyaning yangi hokimiyatlari o‘rtasida keskinlashuv»ning oldini olishga chaqirdi.