Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qizingni nega tiriklay ko‘masan, nomard?

Qizingni nega tiriklay ko‘masan, nomard?

Turmushga chiqadigan qizlarni sepi tufayli moliyaviy yuk sifatida ko‘rish  va shu sababli qizaloqlarning o‘ldirilishi Hindistonda keng tarqalgan johiliyat namunasidir. Yaqinda bir qizaloqni tiriklayin ko‘mmoqchi bo‘lishganida xavfsizlik xizmati xodimlar payqab qolishdi.

Hindistonning Haydarobod shahrida bir qizaloq bobosi tomonidan tiriklayin ko‘milayotgan paytda polisiya tomonidan qo‘lga olingan. Chaqaloqni davolash uchun kasalxonaga yotqizilgan.

Jinoyat ustida qo‘lga olingan chaqaloqning bobosi va uning do‘sti polisiya xodimlariga qizaloqning vafot etganligini, shuning uchun uni ko‘mayotganligini aytgan. Tergov jarayonida polisiya chaqaloq qizning hayot ekanligini aniqladi, ikki gumondor shaxs polisiya tomonidan hibsga olindi. Bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun kasalxonaga yotqizishdi.

Ikki hafta oldin Hindistonning Uttar-Pradesh shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloq tiriklayin ko‘milgan holda topilgan edi.

Hindistonda qizlarga iqtisodiy yuk sifatida qaraladi. Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, an’anaviy ravishda o‘g‘il farzandning yuksak qadrlanishi oqibatida millionlab qiz chaqaloqlarning ona qornida yoki tug‘ilganidan keyin o‘ldirilgan. Ta’kidlanishicha, qiz farzandga homilador bo‘lgan ayollarni abort qilish uchun noqonuniy klinikalar mavjud.

Kiritildi: 12:12 09.11.2019. O'qildi: 5084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!