Alibekova Xusnora (ismi o‘zgartirilgan), g‘arazli va past niyatlarda fohishaxona tashkil etish maqsadida 2021 yil 20 avgust kuni soat 20:00 larda o‘zi yashab kelayotgan Qiziltepa tumani “Oboddiyor” mahallasida joylashgan savdo do‘konida moddiy manfaat ko‘rish maqsadida 100.000 so‘m olib, buning evaziga J.Mni tanishi M.J bilan o‘zaro jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun ularga savdo do‘konida sharoit yaratib berib, fohishaxona tashkil qilgani Qiziltepa tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” tadbiri davomida aniqlanib, 100.000 so‘m miqdordagi pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.
JIB Qiziltepa tuman sudining ochiq sud majlisida X.Alibekovaning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud majlisida sudlanuvchining chin ko‘ngildan pushaymonligi, O‘zbekiston Respublikasi JK 131-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
A.Avezov, JIB Qiziltepa tuman sudi raisi