Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Asad Hamasning yuzga yaqin a’zosini qatl qildi

 Asad Hamasning yuzga yaqin a’zosini qatl qildi

Asad rejimi Falastinning XAMAS harakatining 94 nafar yetakchisi va a’zolarini sudsiz qatl qildi, deb yozadi Falastinning “Al-Quds Al-Arabi” gazetasi “Hamas”ga yaqin axborot manbalariga tayanib.

Manbalarning qayd etishicha, Baas rejimi ag‘darilganidan keyin Suriya xavfsizlik qarorgohida topilgan razvedka hujjatlari, Hamasga aloqador har qanday shaxsni hibsga olish ko‘rsatmalari Asad hokimiyatdan ag‘darilgunga qadar o‘z kuchida qolgan.

Manbalarga ko‘ra, ikki yil avval bo‘lib o‘tgan yarashuvga qaramay, Falastin harakatining dushmanlik deb tasniflanishi quvilgan rejim tomonidan o‘zgartirilmagan.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yilda Falastin harakati va Asad rejimi o‘rtasidagi munosabatlar normallashganidan so‘ng, HAMAS o‘sha paytdagi “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh vositachiligida ozod etilishi kerak bo‘lgan odamlar ro‘yxatini Suriyaga o‘tkazgan.

Manbalarning Al-Quds Al-Arabiyga aytishicha, Nasrulloh bu masalani kuzatib borishga va’da bergan bo‘lsa-da, Hamasga hech qanday ma’lumot bermagan, chunki "u ro‘yxatdagi barcha ismlar o‘ldirilganini aniqlagan bo‘lishi mumkin".

Qayd etish joizki, Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan beri Falastinning XAMAS harakati Suriya inqilobini qo‘llab-quvvatlashini rasman e’lon qildi va o‘z qarorgohini Suriyadan Qatarga, Falastin harakatining mahalliy bo‘limining qolgan a’zolari esa Suriyada qolgan Damashq yaqinidagi Yarmuk lageri Suriya muxolifatiga qo‘shildi.

Xamasning Suriyadagi bo‘limi vakillari 2018-yilgacha bo‘lgan fuqarolik urushi davomida ham Asad rejimi kuchlari, ham Yarmuk lagerida DAISh terrorchilari bilan jang qilgan, qo‘lga olingandan so‘ng ular oilalari bilan Idlibga evakuasiya qilingan.

2024-yil dekabr oyida suriyalik isyonchilar Damashqni egallab olishdi va Sednaya qamoqxonasidan o‘nlab HAMAS vakillarini, jumladan Suriya bo‘limining bosh rahbarini ozod qilishdi.

Kiritildi: 12:55 07.01.2025. O'qildi: 1903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!